Masalan, “Bunyodkor” tarbiyalanuvchisi Abubakr Moʻydinov shu paytgacha Portugaliyaning ikkinchi ligasi hisoblanmish segunda liga klubi “Leyshoynsh”da oʻynayotgan edi. Yaqinda u erkin agent sifatida Estoniya oliy ligasining “Tulevik” klubiga koʻchib oʻtdi.

2000-yilda tavallud topgan futbolchimiz yangi jamoasi bilan joriy yil yakuniga qadar bitim imzoladi.

Chap qanot himoyachisi boʻlgan Abubakr “Leyshoynsh”ga oʻtgunga qadar BAAning “Al Nasr” jamoasida toʻr surgan.

20 yoshli futbolchining Transfermarkt.de portalida koʻrsatilgan narxi 50 ming yevroni tashkil etadi.