Vengriyalik yozuvchi Laslo Krasnaxorkai bu mukofotni “apokaliptik dahshat sharoitida san'atning qudratini tasdiqlovchi ta'sirchan va uzoqni ko'radigan asarlari uchun” oldi.
Krasnaxorkai 1954-yilda Vengriyaning Dyula shahrida tug'ilgan. U hali talabalik davridayoq yozishni boshlagan. Uning birinchi asari Tebenned hittem (“Men senga ishonardim”) 1977-yilda Budapeshtdagi Mozgo Vilag jurnalida nashr etilgan. Keyinchalik uning bir qancha asarlari, jumladan, Satantango (“Satanin tangosi”, 1985) va Az ellenallas melankoliaja (“Qarshilik melanxoniyasi”, 1989) romanlari vengriyalik rejissyor Bela Tarr tomonidan ekranlashtirilgan.
Krasnaxorkai ko'plab mukofotlarga sazovor bo'lgan. 2015-yilda u Buker xalqaro mukofoti bilan taqdirlangan, deb xabar berdi rbc.ru.








