Gurna “Mustamlakachilikning oqibatlari, qochqinlar taqdirini murosasiz va koʻngilchanlik bilan oʻrgangani uchun" mukofotlangan.
Abdulrazak Gurna 1948-yilda Zanzibar orolida tugʻilgan. 20 yoshida u Buyuk Britaniyaga koʻchib oʻtadi. Kent universitetida doktorlik unvonini oladi va ayni paytda mazkur universitetda ingliz tili boʻlimining aspiranturasiga rahbarlik qilmoqda.
U adabiy debyutini 1987-yilda “Ketish xotirasi” romani bilan boshladi. Hammasi boʻlib, uning oʻnta kitobi bor. Eng mashhur kitoblari “Jannat” (1994) va “Dengiz boʻyida” (2001) Booker mukofoti roʻyxatiga kiritilgan. Bundan tashqari, Gurna zamonaviy postkolonial yozuvchilar haqida bir qancha tadqiqotlar yozgan.
Nobel haftaligi 4-oktyabrda boshlangan edi. Mukofotlar ajoyib ilmiy izlanishlar, inqilobiy ixtirolar, madaniyat yoki jamiyat taraqqiyotiga qoʻshgan katta hissasi uchun beriladi. Tibbiyot va fiziologiya, fizika, kimyo, adabiyot, iqtisod va jahon tinchligini targʻib qilish sohasidagi eng yaxshi ishlar ushbu mukofotga loyiq koʻriladi.
Gʻoliblar diplom, oltin medal va pul mukofotiga ega boʻlishadi. Bu yil pul mukofoti oʻn million shved kronasi (taxminan 1,2 million dollar) miqdoridagi mablagʻni tashkil etdi.