"Kitob uychalari" Yozuvchilar uyushmasi tomonidan muntazam turli kitoblar va jurnallar bilan taʼminlab turiladi. Eng muhimi, maʼnaviyat o‘chog‘i endilikda mutolaa maskaniga ham aylandi.
Uyushma axborot xizmatining yozishicha, bugun, 3-noyabr kuni Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi va aʼzolari moʻjazgina uychalarga chop etilgan kitoblardan tortiq qildi.
"Ayni damda yangi asarlar kitobxonlar ixtiyorida", deyiladi xabarda.