Adir yerlar qiymatining 1 foizi miqdoridagi narx bilan auksionda sotiladi

    Meva-sabzavotni koʻpaytirish uchun yaylov, qir va adirlardan samarali foydalanish juda muhimligi taʼkidlandi.

    Shu maqsadda sanoatlashgan bogʻ, tokzor tashkil qilish, sabzavot, ozuqa ekini yetishtirish uchun adir yerlar qiymatining 1 foizi miqdoridagi narx bilan auksionda sotiladi.

    Auksion gʻoliblari yerni boshqa odamga qayta ijaraga berishi mumkin boʻladi va ijara huquqi bepul roʻyxatdan oʻtkaziladi.

    Bu imkoniyatlar hisobiga ishbilarmon fermerlarimiz kelgusi yil 100 ming gektar adir yerlarni foydalanishga kiritishiga ishonch bildirildi.