Mirjalol Allakuliyev 1988-yilda Xorazm viloyati, Xiva tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, huquqshunos, 1-darajali adliya maslahatchisi. 2012-yilda Toshkent davlat yuridik institutini bakalavr bosqichini, 2014-yilda magistratura bosqichini, 2024-yilda Bank-moliya akademiyasining magistratura bosqichini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2008-yilda Adliya vazirligi rahbariyat qoshidagi apparatning qabulxona kotibi lavozimida boshlagan.
Tayinlovga qadar (2022-yildan) Adliya vazirligi Qonunchilik departamenti boshligʻi lavozimida faoliyat koʻrsatgan.








