Adliya vaziriga yangi oʻrinbosar tayinlandi

    Prezidentning tegishli qarori bilan Istamov Maxmud Shuxratovich adliya vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

    Maxmud Istamov 1979-yilda Buxoro viloyati, Buxoro shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, huquqshunos, 1-darajali adliya maslahatchisi. 2000-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

    Mehnat faoliyatini 2000-yilda Adliya vazirligi Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi katta maslahatchisi lavozimida boshlagan. Keyinchalik mazkur boshqarmada bosh maslahatchisi, boʻlim boshligʻi, boshqarma boshligʻi oʻrinbosari boʻlgan. 2004-2005-yillarda Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy axborot bilan taʼminlash markazi rahbari, 2005-2006-yillarda Adliya vazirligi huzuridagi Normativ-huquqiy hujjatlarning amalga oshirilishi ustidan monitoring qilish markazi boʻlim boshligʻi lavozimlarida ishlagan.

    Tayinlovga qadar (2024-yildan) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devoni rahbari lavozimida faoliyat koʻrsatgan.