Yigʻilishda, shuningdek, Hindiston huquq va adliya vaziri Kiren Ridjidju, Qozogʻiston Respublikasi adliya vaziri M. Beketayev, Xitoy Xalq Respublikasi adliya vaziri Tan Iszyun, Qirgʻiziston Respublikasi adliya vaziri A. Chinbayeva, Pokiston Islom Respublikasi huquq va adliya vaziri Doktor Muhammad Farogʻ Nasim, Rossiya Federatsiyasi adliya vaziri K. Chuychenko, Tojikiston Respublikasi adliya vaziri M. Ashuriyon, shuningdek Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi oʻrinbosari Ye. Ashimov ishtirok etdi.
Anʼanaviy ravishda ochiq, doʻstona, oʻzaro anglashuv ruhida oʻtgan yigʻilish davomida ishtirokchilar kun tartibiga muvofiq adliya vazirliklari oʻrtasidagi avvalgi – yettinchi yigʻilish doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha (huquq va) hamkorlik yakunlarini sarhisob qildi.
Yigʻilish davomida adliya (va huquq) vazirliklari rahbarlari pandemiya davrida huquqning rolini muhokama qilib, hech qaysi davlat virus bilan yakka oʻzi kurashishga qodir emas, uning asoratlarini yengish uchun ular saʼy-harakatlarini birlashtirishi va huquqiy tizimlar, dasturlar va strategiyani zamonaviy voqeliklarni hisobga olgan holda birlashtirishi lozim.
Ular, shuningdek fuqarolarga bepul yuridik yordam koʻrsatish, (huquq va) adliya vazirliklarining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi roli yuzasidan fikr almashdi. Bunda tomonlar korrupsiya insoniyat uchun qanday xavf tugʻdirayotganini qayd etdi hamda dunyo hamjamiyatining mazkur muammodan xavotiriga sherik ekani, SHHTga aʼzo davlatlar orasida korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha tajriba almashinayotganini oʻz vaqtida amalga oshirilayotgan va muhim harakat sifatida baholadi.
Tomonlar yigʻilish yakunlari boʻyicha qoʻshma bayonot qabul qildi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.