Prezidentning tegishli qarori bilan Istamov Maxmud Shuxratovich adliya vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Maxmud Istamov 1979-yilda Buxoro viloyati, Buxoro shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, huquqshunos, 1-darajali adliya maslahatchisi. 2000-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
Tayinlovga qadar (2025-yildan) Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining oʻrinbosari lavozimida faoliyat koʻrsatgan.








