Mazkur tadbir doirasida Adliya vazirligi respublikaning barcha hududlarida Yuridik xizmat koʻrsatish markazlarini malakali kadrlar bilan toʻldirish maqsadida tanlov eʼlon qilgan edi.
Tanlovga qoʻyilgan 1 029 ta shtat birligiga 2 150 ta nomzod hujjat topshirgan. Hozirda respublikaning barcha hududlarida nomzodlar bilan suhbatlar boshlanmoqda. Adliya vazirligi tizimidagi tanlovga qoʻyilgan lavozimlar toʻgʻrisida www.vacancy.adliya.uz sayti orqali maʼlumot olishingiz mumkin.
Eslatib oʻtamiz: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 29-iyundagi PQ-5168-son qarori bilan adliya organlari huzurida Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari tashkil etilgan. Markaz xodimlari adliya organlari xodimlari hisoblanadi.