Tayinlovga qadar u Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi direktorining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Xayotjon Klichev 1987-yilda Buxoro shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, 2010-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan, huquqshunos. 2-darajali adliya maslahatchisi.
Xayotjon Klichev adliya tizimida 2011-yilda ishlab boshlagan. Hududiy adliya boshqarmalari va Adliya vazirligi markaziy apparatida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan. Xususan, 2019-yilda Huquqiy targʻibot va maʼrifat boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari boʻlgan. 2019–2022-yillarda Prezident Administratsiyasi masʼul xodimi sifatida faoliyat olib borgan.