Adliya vazirligi marakiziy apparati tarkibida lavozim tayinlovlari amalga oshirildi

    Mamlakatimizda 13 May 2022 1929

    Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻiga asosan vazirlik marakiziy apparati tarkibida lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.

    Allakuliyev Mirjalol Davronbekovich Qonunchilik departamenti boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

    Tayinlovga qadar M. Allakuliyev Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qonunchilik bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.

    Yusupov Suxrob Djoʻraqulovich Xalqaro huquqiy hamkorlik departamenti boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

    Tayinlovga qadar S. Yusupov Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.

    Abdullayev Sanjar Boxadirovich Davlat xizmatlari departamenti boshligʻi vazifasini bajaruvchisi lavozimiga tayinlandi.

    Tayinlovga qadar S. Abdullayev Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.

    Kanyazov Yesemurat Sultamuratovich Intellektual mulk departamenti boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

    Tayinlovga qadar Ye. Kanyazov Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi direktori oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

    Buriyev Abdumannop Abduraxmatovich Tashkiliy-nazorat va strategik rejalashtirish boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

    Tayinlovga qadar A. Buriyev Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Tashkiliy-nazorat va tahlil boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.

    Kuchkarov Shuxrat Xamidovich Inson resurslari boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

    Tayinlovga qadar Sh. Kuchkarov Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Kadrlar boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.

    Muxammadiyev Nuʼmon Usmonovich Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

    Tayinlovga qadar N. Muxammadiyev Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

    Uzakov Jaxongir Ilxomovich Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

    Tayinlovga qadar Sh. Uzakov Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi lavozimida faoliyat yuritgan.

    Maxkamov Eldor Baxromovich Huquqiy siyosat tadqiqot instituti direktori lavozimiga tayinlandi.

    Tayinlovga qadar E. Maxkamov Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti direktori vazifasini bajaruvchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

    Xodjayev Baxshillo Kamolovich Toshkent davlat yuridik universitetining ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori lavozimiga tayinlandi.

    Tayinlovga qadar B. Xodjayev Toshkent davlat yuridik universitetining Xususiy huquq fakulteti dekani lavozimida faoliyat yuritgan.

    Xundibayev Axmad Abdurasulovich TDYUU Ixtisoslashtirilgan filiali direktorining moliya-xoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

    Tayinlovga qadar A. Xundibayev Toshkent davlat yuridik universiteti Shartnomaviy taʼlim xizmatlari boʻlim boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan

    Adliya vazirligi

    Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi