Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonining 11-bandita muvofiq:

a) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “Adolat” huquqiy axborot markazi” davlat muassasasi, “Inson va qonun” gazetasi tahririyati” davlat unitar korxonasi hamda “Huquq va burch” ijtimoiy-huquqiy jurnali” tahririyatini birlashtirish yoʻli bilan ularning negizida Vazirlik qoshida davlat muassasasi shaklidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi (keyingi oʻrinlarda - Markaz) tashkil etilganligi;

b) Markaz:

-aholi va ijrochilarga jamiyatda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan huquqiy axborotlarni hamda targʻibot materiallarini tayyorlash va tezkor tarqatish, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar matnlarini rasmiy eʼlon qilish sohasida respublikaning yetakchi davlat muassasasi hisoblanishi;

-tarkibidagi “Inson va qonun” gazetasi tahririyati hamda “Huquq va burch” ijtimoiy-huquqiy jurnali tahririyati amaldagi xizmat koʻrsatish sohalarini saqlab qolgan holda faoliyat yuritishi va oʻz mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishi, ushbu mablagʻlarning yetishmagan qismi esa Vazirlikning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

Markazning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasini shakllantirish va_yuritish, undan jismoniy va yuridik shaxslarning belgilangan tartibda foydalanishini taʼminlash, shuningdek ushbu milliy bazada normativ-huquqiy hujjatlarning rasmiy nashr etilishini, ularning turkumlashtirilgan hisobini va nazorat nusxalarini elektron shaklda yuritilishini taʼminlash;

-normativ-huquqiy hujjatlar matnlarining hamda zarur boʻlgan taqdirda, tegishli axborot-tahliliy materiallarning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan roʻyxat boʻyicha barcha davlat organlariga va tashkilotlarga elektron shaklda yuborilishini taʼminlash;

-aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish boʻyicha manzilli va predmetli huquqiy targʻibot tadbirlarini amalga oshirish, shuningdek davlat organlari va tashkilotlar bilan birgalikda normativ-huquqiy hujjatlarning norma va koidalarini aholiga tushuntirish boʻyicha namunaviy hujjatlar tuplamini tayyorlash;

-normativ-huquqiy hujjatlarning mohiyatini hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning ahamiyatini keng yoritish boʻyicha axborot-tahliliy media materiallarni, shu jumladan, audio- va videoroliklar, ijtimoiy reklamalar, voqea joyidan reportajlarni tayyorlash va tarqatish, shuningdek, bosma va elektron davriy ijtimoiy-huquqiy nashrlarni tayyorlash va chop etish;

-rasmiy nashrlar - “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”, “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar toʻplami”ning, davriy nashrlar - “Inson va qonun” gazetasi, “Huquq va burch” ijtimoiy-huquqiy jurnalining hamda boshqa nashrlar - yuridik adabiyotlar, jumladan yuridik darsliklar, sharxlar va turli qoʻllanmalarni belgilangan tartibda chop etilishini taʼminlash;

-faoliyat turi boʻyicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish, sotish hamda xizmatlar koʻrsatish;

-davlat organlari va tashkilotlarning buyurtmasiga koʻra shartnoma asosida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari hamda boshqa huquqiy va boshqaruv hujjatlari namunalarini tayyorlash, shuningdek ijtimoiy-huquqiy axborotlarni keng yoritishga qaratilgan media materiallarni tayyorlash boʻyicha konsalting xizmatlarini koʻrsatish.

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziriga xodimlarning belgilangan umumiy cheklangan soni doirasida Markazning tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.

a) Markazga Oʻzbekistan Respublikasi adliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qilishi;

b) Markaz xodimlariga Vazirlar Maxkamasining 1997-yil 3-iyuldagi 339-son qarorida belgilangan davlat xizmatchilari lavozim maoshlariga ustama haqi va yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqdangan razryadlariga koʻra xodimlarining lavozim maoshini aniqlashda tarif koeffitsiyentlari bir yarim baravar miqdorda qoʻllanilishi, shuningdek avvalgi ish joyida uzok yillik xizmati uchun berilgan ustama va qoʻshimcha toʻlovlar, maxsus va darajali unvonlar saqlab qolinishi;

“Inson va qonun” gazetasi tahririyati hamda “Huquq va burch” ijtimoiy-huquqiy jurnali tahririyati bosh muharrirlari Markaz direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.