Adliya vazirligi rahbariyati andijonlik yoshlar bilan uchrashdi

    Mamlakatimizda 31 May 2021 711

    2021-yil 29-may kuni Adliya vaziri oʻrinbosari M.Ikramov Andijon viloyati, Andijon shahrida yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazdi.

    Uchrashuvda Andijon shahar hokimi B. Haydarov, tadbirkor yoshlar, oliy taʼlim muassasalari talabalar yogshlari hamda ommaviy axborot vakillari ishtirok etishdi.

    Vazir oʻrinbosari M. Ikramov mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, qonunchilikdagi imtiyozlar haqida gapirib, yoshlarning muammolarini oʻrganish va ularga yana-da keng imkoniyat va sharoitlarni yaratish maqsadida shunday uchrashuvlar tashkil etilayotganligini, uchrashuv ochiq muloqot shaklida oʻtkazilishini, bunda yoshlar oʻzini qiziqtirgan savollarini berishi mumkinligini bildirib oʻtdi.

    Uchrashuv davomida yosh tadbirkorlar tomonidan ularning tadbirkorlik faoliyatiga oid, blogerlar va talabalar tomonidan sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faoliyatiga oid, taʼlim hamda yoshlarga oid davlat siyosati va boshqa sohalarga oid 50 dan oshiq murojaat, takliflar kelib tushdi hamda ularning ayrimlari shu joyning oʻzida ijobiy hal etildi, deya xabar beradi Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.