Aksiyaning maqsadi:

- mahallabay ishlash tizimi amaliyotini yanada kuchaytirish va ommalashtirish;.

- fuqarolarning qonunchilikda belgilangan huquq va manfaatlarini ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash;

- tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ommaviy sayyor qabullar o‘tkazish orqali fuqarolarni uzoq vaqtlar davomida qiynab kelayotgan muammolariga yechim topish;

- fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklashga doir chora-tadbirlar ko‘rish;

- fuqarolarning jamiyatdagi huquqiy ongi va madaniyatini yanada yuksaltirish.

Aksiya doirasida jami 2 minga yaqin (1 998 ta) ommaviy sayyor qabullar tashkil etilgan.

Sayyor qabullarning 1 200 ga yaqini mahallalarda, 600 dan ortig‘i tashkilotlar va muassasalar binolarida hamda 200 dan ortig‘i esa boshqa joylarda tashkil etilgan.

Sayyor qabullarda jami 59 minga yaqin fuqarolar ishtirok etgan.

Aksiya doirasida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan jami 13 800 ga yaqin (13 766 ta) murojaatlar kelib tushgan.

Mazkur murojaatlardan 5 400 ga yaqini joyida hal etilgan bo‘lsa, 5 mingdan ortiq murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilgan hamda 3 200 dan ortiq murojaatlar ko‘rib chiqish uchun ish yurituvga qabul qilingan.

Ish yurituvga qabul qilingan murojaatlarning 1 500 ga yaqini qanoatlantirilgan, 1 minga yaqin murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilgan va 200 ga yaqin murojaatlar tegishliligiga ko‘ra vakolatli tashkilotlarga yuborilgan. 700 dan ortiq murojaatlar ish jarayonida.

Aksiya doirasida adliya organlari tomonidan 1 400 ga yaqin  (1 391 ta) monitoring tadbirlari tashkil etilgan.  

Aksiyasi davomida adliya organlari tomonidan fuqarolarning huquqlarini ta’minlash yuzasidan 2 500 ga yaqin huquqiy ta’sir choralari qo‘llanilgan.

Xususan, tegishli tashkilotlarga 379 ta taqdimnoma, sudlarga 21 mlrd so‘mga yaqin miqdordagi 635 ta da’vo arizalari, tegishli organlarga 178 ta ma’muriy takliflar hamda 1 200 dan ortiq ogohnomalar kiritilgan.

Ko‘rilgan huquqiy ta’sir choralar natijasida 111 mlrd. so‘mdan ortiq (111 423 mln so‘m) pul mablag‘lari tegishli shaxslarga undirib berilib,  960 ta hujjat (qaror)lar bekor qilinishi ta’minlangan. 148 nafar shaxslar ma’muriy javobgarlikka hamda 69 nafar shaxslar intizomiy javobgarlikka tortilgan.

Aksiyasi doirasida o‘tkazilgan ommaviy sayyor qabullar davomida fuqarolarga 10 mingdan ortiq (10 261 ta) sayyor (davlat) xizmatlari ko‘rsatilgan.

Mazkur xizmatlarning 8 335 tasini davlat xizmatlari, 992 tasini FHDY xizmatlari, 285 tasini notarius xizmatlari hamda 649 tasini esa boshqa xizmatlar tashkil etgan.

Bundan tashqari, Aksiya doirasida adliya organlari tomonidan 8 mingga yaqin  huquqiy targ‘ibot tadbirlari tashkil etilgan.