Adliya vazirligi vakolatlari kengaymoqda

    Intellektual mulk agentligining vazifalari Adliya vazirligiga yuklatilmoqda.

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda deputatlar “Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari tizimi takomillashtirish munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasinig ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ham muhokamalar markazida boʻldi.

    Qonun loyihasi bilan intellektual mulk sohasidagi qonunlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilib, Intellektual mulk agentligining vazifalari Adliya vazirligiga yuklatilmoqda.

    Shuningdek, Mehnat kodeksiga oʻzgartirish kiritilgan holda, adliya organlariga mehnat nizosini koʻrish haqidagi ariza bilan sudga murojaat qilish huquqi berilyapti.

    Fraksiya aʼzolari har ikkala qonun loyihasini muhokama qilish jarayonida ulardagi ayrim normalar yuzasidan mutasaddilarga koʻplab savollar bilan yuzlandi. Qonun loyihalarini yanada takomillashtirish, pishiq-puxta holatga keltirish boʻyicha tegishli tavsiyalar bergan holda mazkur hujjatlarni qoʻllab-quvvatladi.