DXX tomonidan Toshkent viloyatida qayd etilgan holatda Olmaliq shahar adliya bo‘limi xodimi mahalliy fuqaroni Olmaliq kon metallurgiya kombinatiga ishga kirishida yordam berish evaziga 4 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga olindi.
Shuningdek, ushbu noqonuniy ishga aloqador bo‘lgan Olmaliq shahridagi maktabgacha ta’lim tashkiloti mudirasi ham qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.