Jumladan, Senat aʼzolarini maʼnaviy va moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha komissiyaning 2021-yil 26-yanvardagi tavsiyalarini koʻrib chiqib, quyidagilarga maqom berildi:
Oral Aminovna Ataniyazovaga — “Adolatli senator”;
Maxmudjon Toirovga — “Xalqparvar senator”;
Farmon Isxakovich Toshevga — “Mehnatkash senator”;
Sayyora Raxmatovna Baratovaga — “Faxriy senator”;
Baxrom Mamajanovga — “Faxriy senator”;
Shukurjon Mamatkulovga — “Faxriy senator” maqomlari berilsin.
Ushbu maqomlarga sazovor boʻlgan senat aʼzolari hamda sobiq senatorlar sertifikat va belgilangan tartibda bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlandi.