2023-yilning 5-dekabr kuniga qadar jinoyat ishlari boʻyicha Sergeli tuman sudi lavozimida ishlagan shaxs ushbu lavozimda boʻlishi davrida, oʻz ish yurituvida boʻlgan qurilish firmasi rahbari va boshqalarni Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan ayblashga oid jinoyat ishini koʻrib chiqishi jarayonida hokimiyat harakatsizligi, dalillarni soxtalashtirish, adolatsiz hukm chiqarish hamda tovlamachilik kabi jinoyatlarini sodir etgan.
Mazkur holat yuzasidan toʻplangan materiallar asosida, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan JIB Sergeli tuman sudining sobiq sudyasiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 165, 208, 2301 va 231-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Hozirda mazkur jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov harakatlari DXX Tergov boshqarmasi tomonidan olib borilmoqda.