Advokatlik litsenziyasini olishda yuridik mutaxassislik bo‘yicha 2 yillik ish staji talabi bekor qilinadi

    Mamlakatimizda 5 Aprel 2023 1663

    Bugungi kunda mamlakatimizda 4 ming 625 nafar advokat faoliyat yuritmoqda. Umumiy hisobda har 7,6 ming aholiga bitta advokat to‘g‘ri kelmoqda.

    Bugungi kunda mamlakatimizda 4 ming 625 nafar advokat faoliyat yuritmoqda. Shundan 30 yoshgacha bo‘lganlari soni atigi 51 nafar, 50 yoshdan oshgan advokatlar soni esa 2 ming 619 nafarni tashkil qilmoqda. Umumiy hisobda har 7,6 ming aholiga bitta advokat to‘g‘ri kelmoqda.

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida birinchi o‘qishda qabul qilingan «Advokatura to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish kiritish haqida”gi qonun loyihasiga ko‘ra, advokatlik litsenziyasini olishga imtihon topshirish uchun talabgor shaxsning yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida 2 yillik ish stajiga ega bo‘lishi talabini bekor qilish belgilanmoqda.