“Aeroflot” Moskvadan Toshkentga parvozlarni yoʻlga qoʻyadi

    Transport 6 May 2022 1737

    “Aeroflot” aviakompaniyasi 20-maydan boshlab Moskvadan Toshkentga parvozlarni yoʻlga qoʻyadi. Shu bilan birga, 21-maydan boshlab Rossiyaning Sochidan Toshkentga parvozlari bekor qilinadi.

    Aeroflot Moskvadan (Sheremetyevo) Oʻzbekiston poytaxti Toshkentga toʻgʻridan-toʻgʻri muntazam reyslarni yoʻlga qoʻyadi. Kunlik reyslar keng fyuzelyajli Airbus A330 samolyotlarida amalga oshiriladi. Parvozlarning boshlanishi 20-mayga belgilangan, deb xabar beradi TASS.

    “Aeroflot” ning Moskvadan toʻgʻridan-toʻgʻri reyslari yoʻlga qoʻyilishi munosabati bilan 21-maydan boshlab “Rossiya” aviakompaniyasi tomonidan Sochidan Toshkentga parvozlar bekor qilindi. Yoʻlovchilar Moskvadan reyslarga qayta roʻyxatdan oʻtadi.

    Endilikda Aeroflot Moskvadan Urganch, Buxoro va Samarqandga parvozlarni amalga oshiradi.