Yakkasaroy tumanining KHAY va Bobur koʻchalari kesishmasida joylashgan avtomobil yoʻl oʻtkazgichining aeroport yoʻnalishidagi tomonining bitta yoʻlagini taʼmirlash ishlari boshlandi. Yoʻlsozlik tadbiri 15 kun davom etadi.
Shu sababli mazkur yoʻl oʻtkazgichning aeroport yoʻnalishi tomoniga harakat mavjud uchta yoʻlakning ikkitasida amalga oshiriladi.