Afg'on — O'zbek savdo uyi ochildi

    Mazkur savdo uyining ochilishi Afg'oniston bilan munosabatlarimizning yangi bosqichga ko'tarilayotganidan dalolat berib, o'zaro do'stona munosabatlar hamda hunarmandchilik sohasi rivojiga xizmat qiladi .

    O'zbekiston Respublikasining Afg'oniston Islom respublikasi Mozori Sharifdagi konsulxonasi ko'magida O'zbekiston “Hunarmand” uyushmasining Afg'on — O'zbek savdo uyi ochildi.

    Ochilish marosimida O'zbekiston respublikasi bosh konsuli Ja'far Fataev, Balx viloyati Savdo va investitsiyalar palatasi direktori Janob Arash Yunus, Shimoliy gilam ittifoqi zonasi Prezidenti Doktor Abdul Sattor Samadi, Sanoat va konlar bo'yicha direktor janob YOsin Akbari kabi ko'plab martabali mehmonlar hamda ishtirok etdilar.

    Shuningdek, ochilish marosimida O'zbekiston “Hunarmand” uyushmasidan ham vakillar qatnashdi.

    Munojat Movinova