Keltirilishicha, 2021 yilda Afg'onistonga 2 151,3 mln. kVt.soat elektr energiyasi etkazib berilgan bo'lib, “Da Afghanistan Breshna Sherkat” energetika kompaniyasi tomonidan elektr energiyasi uchun to'lovlar to'liq amalga oshirilgan. Ya'ni 2021 yil uchun Afg'onistonning elektr energiyasidan qarzdorligi mavjud emas.
“O'zbekiston milliy elektr tamoqlari” AJ va “Da Afghanistan Breshna Sherkat” kompaniyasi o'rtasidagi shartnomaga ko'ra, Afg'onistonga joriy yilda 2 210,0 mln. kVt.soat elektr energiyasi etkazib berish belgilangan bo'lib, yanvar`-iyun` oylarida Afg'onistonning elektr energiyasiga bo'lgan talab va ehtiyojidan kelib chiqqan holda 770,2 mln. kVt.soat elektr energiyasi etkazib berildi.
Bugungi kunda etkazib berilgan elektr energiyasi uchun to'lovlarni kompaniya tomonidan doimiy ravishda amalga oshirilmoqda.
Yozgi mavsumda Afg'oniston Tojikiston energetika tizimiga ulanishi sababli joriy yil 14 apreldan O'zbekistondan elektr energiyasini qabul qilish to'xtagan.
Ma'lumot uchun: 2002 yildan boshlab O'zbekistondan Afg'onistonga elektr energiyasi etkazib borilmoqda. Daslabki yillarda 10 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlaridan texnologik imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda “Da Afghanistan Breshna Sherkat” kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomalar bo'yicha elektr energiyasi etkazib berilgan.
2009 yilda ikkita 220 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarining qurilishi yakunlanib, ishga tushirilganidan so'ng, Afg'onistonga 430 MVtgacha quvvatda elektr energiyasi etkazilib berilmoqda.