Bu afgʻon ayollarining Oʻzbekistonda oʻqish uchun taʼlim grantlari orqali iqtisodiy imkoniyatlarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan transchegaraviy tashabbus tufayli amalga oshirildi, deb xabar beradi Yevropa ittifoqining Oʻzbekistondagi delegatsiyasi matbuot xizmati.

Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) tomonidan amalga oshirilayotgan “Afgʻon ayollarining iqtisodiy imkoniyatlarini Qozogʻiston va Oʻzbekistonda taʼlim berish va kadrlarni tayyorlash orqali qoʻllab-quvvatlash” mintaqaviy loyihasi vatanida oʻqish va ish bilan taʼminlanishdagi, erkak vatandoshlari bilan taqqoslaganda, nomutanosib toʻsiqlarga yuzma-yuz kelgan afgʻon ayollari uchun taʼlim imkoniyatlarini taqdim etishga qaratilgan.

Umuman olganda, Afgʻonistondan 50 nafar yosh ayollar Qozogʻiston va Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtlarini oʻqib, bitiradilar. Yevropa Ittifoqi ushbu tashabbus uchun 2 million yevro miqdorida grant ajratdi, va u BMTTD tomonidan 2020-2025-yillarda amalga oshiriladi.

Ushbu loyihaning Oʻzbekistondagi asosiy maqsadi — hukumat va oliy oʻquv yurtlarining xalqaro almashinuv taʼlimi berishda yaqinligi va tajribasi tufayli afgʻon ayollari uchun kasb-hunar taʼlimi berishdir. Taʼlimning ustuvor sohasi qishloq xoʻjaligi oʻsish sohasi boʻlib, u gender tengligini taʼminlashga alohida eʼtibor kasb etadi.

Ushbu tashabbus amaliy yordam va koʻmak koʻrsatib kelayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (OOʻMTV) bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Ushbu loyihani amalga oshirish boʻyicha BMTTDning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi va OOʻMTV oʻrtasida Harakatlar rejasi va Oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Afgʻonistonlik ayollarning birinchi guruhi Oʻzbekiston Respublikasi Termiz shahridagi Afgʻoniston fuqarolarini oʻqitish taʼlim markazida Toshkent davlat agrar universiteti koʻmagi bilan agronomiya sohasida oʻqiydi va dasturni tugatgandan soʻng TKTOʻ Diplomlarini oladi.

Dastur ishtirokchilarini tanlash boʻyicha ochiq tanlov 2020-yil avgust-sentyabr oylarida OUMTV, Oʻzbekistonning Afgʻonistondagi elchixonasi, Afgʻoniston TKTOʻ maʼmuriyati, BMTTDning Oʻzbekistondagi va Afgʻonistondagi vakolatxonalari vakillaridan tashkil topgan Tanlov komissiyasi tomonidan oʻtkazildi. Tanlov gʻoliblari turli yoshdagi ayollar — 17 yoshdan 27 yoshgacha — Afgʻonistonning olti viloyatining vakillaridir.

10 nafar afgʻonistonlik talabalarning barchasi Afgʻonistonning TKTOʻ maʼmuriyatida kerakli Rasmiylashtiruvlardan oʻtib, Toshkentga yetib keldi. Afgʻonistonlik ayollar uchun talabalik vizalari Oʻzbekiston hukumati tomonidan bepul taqdim etilgan.

COVID-19 uchun karantin choralarini koʻrgandan soʻng, ular TKTOʻ dasturi boʻyicha boshlangʻich tayyorgarlikni boshlashga tayyor boʻladi. Karantin davrida talabalar masofaviy oʻqitish uchun yangi noutbuklar bilan taʼminlandilar. Bundan tashqari, ularning barchasi Oʻzbekistondagi barcha oʻqish davri mobaynida tibbiy sugʻurtalandi, shu jumladan COVID-19 xavfi ham qoplanadi.

Taʼlimning birinchi yilida talabalar oʻzbek tilini oʻrganadilar va kasb-hunar taʼlimi dasturida yoʻnalish oladilar. Afgʻoniston ayollari 2021-yil sentyabrdan 2023-yil iyungacha Oʻzbekiston taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda qishloq xoʻjaligi sohasida kasb-hunar taʼlimi dasturidan oʻtadilar. 2023-yil iyul oyida afgʻon ayollarining birinchi guruhiga TKTOʻ diplomlari topshiriladi.