Joriy yil 26 – 27-avgust kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Transport vaziri I. Mahkamov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Afgʻoniston boʻyicha Maxsus vakili I. Irgashev boshchiligidagi delegatsiya Afgʻonistonda safarda boʻldi.
Ikki tomonlama muzokaralarda Afgʻoniston va Pokiston orqali Hind okeani portlariga chiqish uchun xalqaro transport koridorini shakllantirish, ikki davlat transport logistika korxonalari hamkorligini kuchaytirish, xalqaro avtomobil tashuvchilariga qulay shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan Afgʻoniston hududi boʻylab tranzit oʻtishga hamda boshqa manzillarga yuk tashishga oʻrnatilgan cheklovni olib tashlash masalalari muhokama qilindi.