Afgʻoniston rahbari “Tolibon”ning soʻnggi guruhini qamoqdan ozod qilish toʻgʻrisidagi farmonga imzo chekdi

    Kecha Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani “Tolibon” harakatining 400 tarafdorini qamoqdan ozod qilish toʻgʻrisidagi farmonga imzo chekdi, deya xabar qiladi “Dunyo” AA muxbiri.

    TASS agentligi xabariga koʻra, fevral oyida AQSH vakillari bilan muzokaralar paytida Harakat tomonidan berilgan roʻyxatdagi qoʻlga olingan “Tolibon” tarafdorlarining soʻnggi partiyasi chiqariladi.

    Eslatib oʻtamiz, 2018-yil mart oyida dunyoning va mintaqaning yetakchi mamlakatlari, BMT va boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlarning yuqori martabali delegatsiyalari ishtirokidagi Afgʻoniston boʻyicha xalqaro konferensiyada Toshkent deklaratsiyasi qabul qilingan boʻlib, unda birinchi marta Afgʻoniston hukumati va Tolibon harakati oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri tinchlik muzokaralarini boshlash zarurligi borasida yakdil fikr bildirilgan.

    2020-yil fevral oyida AQSH va “Tolibon” harakati oʻrtasida tinchlik shartnomasi imzolandi. Unga koʻra, afgʻonistonliklar bilan muloqot yoʻlga qoʻyilib, chet el qoʻshinlari Afgʻonistondan bosqichma-bosqich olib chiqiladi hamda har ikki tomondan mahbuslar ozod etiladi.