O'qotar qurollar va granatalar bilan jihozlangan uchuvchisiz uchish apparati yordamida amalga oshirilgan hujum oqibatida Xitoy fuqarolari bo'lgan “Shoxin SM” MChJning uch nafar xodimi halok bo'ldi.
Tojikiston tomonining Tojikiston va Afg'onistonning chegara hududlarida xavfsizlikni ta'minlash va o'zaro manfaatli hamkorlik muhitini yaratish bo'yicha izchil sa'y-harakatlariga qaramay, qo'shni mamlakatda faoliyat yuritayotgan jinoiy guruhlar chegara hududlaridagi vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan harakatlarni davom ettirmoqda, deb xabar berdi Tojikiston tashqi ishlar vazirligi sayti mfa.tj.
Tojikiston tomoni chuqur xavotir bildirgan holda, jinoiy guruhlarning bu jirkanch harakatlarini qattiq qoralaydi va amaldagi Afg'oniston hukumatini ikki qo'shni davlatning davlat chegarasida barqarorlik va xavfsizlikni ta'minlash uchun samarali choralar ko'rishga chaqiradi.








