Mazkur insonparvarlik yordami – un, turli oziq-ovqat mahsulotlari, birlamchi zarur tovarlar, dori-darmonlar, kiyim-kechak va poyafzallardan iborat boʻlib, bu oʻzbek xalqining birodar Afgʻonistonga koʻrsatayotgan xayrixohligining yana bir ifodasiga aylandi.

Marosimda soʻzga chiqqan Afgʻoniston muvaqqat hukumati rasmiy vakili Zabihulla Mujohid butun afgʻon xalqi nomidan Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga bugungi sinovli davrda mamlakatga koʻrsatilayotgan yuksak eʼtibori, qoʻllab-quvvatlashi va birdamligi uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.

– Butun afgʻon xalqi nomidan Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ogʻir damlarda mamlakatga koʻrsatayotgan yuksak eʼtibori, qoʻllab-quvvatlashi va birdamligi uchun chuqur minnatdorligimizni bildiramiz, — Zabihulla Mujohid, Afgʻoniston muvaqqat hukumati rasmiy vakili. — Oʻzbekiston rahbari Afgʻoniston xalqiga koʻmak koʻrsatish chaqiruviga birinchilardan boʻlib eʼtibor qaratgani, uning siyosatini koʻp millatli xalqimiz chinakam insonparvarlik, birodarlik va yaxshi qoʻshnichilikning namoyoni sifatida baholaydi.

Alohida qayd etilganidek, Afgʻoniston xalqiga koʻmak koʻrsatish chaqiruviga Oʻzbekiston rahbari birinchilardan boʻlib eʼtibor qaratgani, uning siyosatini koʻp millatli Afgʻoniston xalqi chinakam insonparvarlik, birodarlik va yaxshi qoʻshnichilikning namoyon boʻlishi sifatida baholadi.

Tadbirda soʻzga chiqqan Balx viloyati gubernatori Qudratillo Abu Hamza insonparvarlik yordami oʻz vaqtida berilibgina qolmay, balki alohida ehtiyoj ekanligini, bu esa xalqlarimiz oʻrtasida asrlar osha davom etib kelayotgan tarixiy, madaniy va maʼnaviy aloqalarning yana bir isboti ekanligini taʼkidladi.

Uning soʻzlariga koʻra, bu yordam aslida Afgʻonistonga pandemiya oqibatlarini bartaraf etishga, shuningdek, mamlakatda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan gumanitar va oziq-ovqat inqirozining oldini olishga xizmat qiladi.