Tadbirda O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, AQSH Davlat kotibining siyosiy masalalar bo'yicha o'rinbosari Devid Heyl va Afg'oniston Tashqi ishlar vaziri Hanif Atmar ishtirokida o'tdi.

 Tashqi siyosat idoralari rahbarlari “O'zbekiston — AQSH — Afg'oniston” uch tomonlama shakli Afg'onistondagi tinchlik jarayonini ilgari surish, mamlakat iqtisodiyotini tiklash, shuningdek, uni mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarga faol jalb etishga qaratilgan amaliy takliflarni tayyorlash bo'yicha dolzarb maslahatlashuv mexanizmi ekanligini qayd etgan.

 “Surxon – Puli-Xumri elektr uzatish liniyasi, Pokiston dengiz portlariga chiqish imkonini beruvchi “Mozori-SHarif – Qobul”, “Mozori-SHarif – Hirot” temir yo'llari qurilishi kabi muhim loyihalarni jadal tatbiq etish zarurligi ta'kidlandi.

 Afg'onistonda tinchlikka erishish uchun xalqaro hamjamiyat bilan birga ishlash va shu kungacha erishilgan yutuqlarni saqlab qolish uchun hamkorlik qilish.

Afg'onistonda koronavirusga qarshi kurashni birga olib borish, yordam ko'rsatish va tinchlik sari harakatlarda bu baloga ham alohida e'tibor berish.

Afg'oniston yana terror o'chog'iga, terrorist tashkilotlar uchun boshpanaga va ekstremistlar hukmron hududga aylanib qolmasligi borasida Tolibon bilan shu paytgacha erishilgan kelishuvni mustahkamlash va bu maqsadlar yo'lida bir yoqadan bosh chiqarish.

Tadbir yakunida “O'zbekiston — AQSH — Afg'oniston” uch tomonlama uchrashuvining Qo'shma bayonoti qabul qilindi.