Afg'onistonda internet butunlay o'chirildi

    Afg'onistonni boshqarayotgan Tolibon, o'zlari axloqsiz deb hisoblagan amaliyotlarga qarshi kurashish maqsadida dushanba kuni mamlakatdagi internetni butunlay uzib qo'ydi. Bu haqda NetBlocks xalqaro internet monitoringi xizmati xabar berdi.

    “Afg'onistonda Tolibon ma'muriyati ma'naviy-axloqiy me'yorlarni qo'llashi natijasida internet to'liq o'chirildi: ertalab ko'plab tarmoqlar asta-sekin o'chirib qo'yildi; bu telefon aloqasiga ham ta'sir qildi”, deb e'lon qildi NetBlocks xizmati Mastodon.social ijtimoiy tarmog'ida.

    Qobulda yashovchi aholi vakillarining BBCga aytishicha, ularning optik tolali internet xizmati ish kunining oxiriga kelib, mahalliy vaqt bilan soat 17:00 atrofida ishlamay qolgan.

    AFP xalqaro axborot agentligiga ko'ra, Kobuldagi byurosi bilan aloqa, jumladan, mobil telefon xizmati ham uzilgan, deb xabar berdi bbc.com.

    Afg'oniston bo'ylab mobil internet va sun'iy yo'ldosh televideniesida ham sezilarli uzilishlar yuzaga kelmoqda. Bundan tashqari, Afg'oniston poytaxtidan kelayotgan xabarlarga ko'ra, Qobul aeroportidan parvozlar bekor qilingan.