Afgʻonistonda Oʻzbekiston tadbirkorlarining mahsulotlari namoyish etildi

    Biznes 26 Oktabr 2020 1553

    Afgʻonistonda Oʻzbekiston tadbirkorlari mahsulotlari koʻrgazma tashkil etildi.

    Afgʻoniston poytaxti Kobul shahrida Oʻzbekiston va Afgʻoniston mahsulotlarining ixtisoslashtirilgan koʻrgazmasi tashkil etildi.

    Koʻrgazma ikki mamlakat biznes vakillari oʻrtasida hamkorlik oʻrnatish, eksportyor va importyorlar oʻrtasida shartnomalar imzolash uchun sharoit yaratish, shuningdek, ikki xalq boy madaniy merosini keng targʻib qilish maqsadida tashkil qilindi.

    Tadbirga tashrif buyuruvchilarga Oʻzbekistonning 50 dan ziyod yirik eksportchi kompaniyalarining 100 dan ortiq mahsulotlari taqdim etilgan, deb xabar beradi “Dunyo” AA.