Afg'oniston sharqidagi Hindukush tog'larida 6,1 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqda Yevropa-O'rtayer dengizi seysmologiya markazi xabar berdi.

Uning ma'lumotlariga ko'ra, zilzila epimarkazi 200 mingga yaqin aholisi bo'lgan Jalolobod shahridan 46 kilometr shimoli-sharqda joylashgan. Zilzila o'chog'i 42 kilometr chuqurlikda joylashgan.

Qurbonlar va vayronalar haqida ma'lumot berilmadi, deb xabar berdi tass.ru.