Afg'onistonda yana zilzila sodir bo'ldi

    Afg'onistonda 4,9 magnitudali yangi zilzila qayd etildi. Zilzila o'chog'i Bag'lan shahridan 9 kilometr uzoqlikda joylashgan.

    Uning aholisi taxminan 108 ming kishi. Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma'lumotlar yo'q.

    Oktabr oyi boshida mamlakat tarixidagi eng halokatli zilziladan aziyat chekdi. Tabiiy ofat tufayli 2,5 ming kishi halok bo'ldi. Yana 10 mingdan ortiq kishi jarohatlandi. Yangi silkinishlar mahalliy aholini tushkunlikka tushirmoqda, deb xabar beradi mir24.tv.