Kamida 120 kishi halok bo'ldi, ammo qurbonlar soni yana sezilarli darajada oshishi mumkin. Mingga yaqin kishi jarohatlangan.
Zilzila epitsentri Hirot shahridan 40 km uzoqlikda joylashgan bo'lib, er silkinishlari mahalliy vaqt bilan kecha 11:00 atrofida boshlangan.
Ko'plab binolar vayron bo'lgan, odamlar vayronalar ostida qolib ketgan, kamida uchta kuchli zilzila sodir bo'lgan.
Omon qolganlarning aytishicha, ofis binolari avval silkina boshlagan, keyin esa qulagan.
“Biz ofisimizda edik va birdan bino qimirlay boshladi. Devorlardagi gipslar tusha boshladi, yoriqlar paydo bo'ldi, ba'zi devorlar va binoning qismlari qulab tushdi”, dedi hirotlik Bashir Ahmad.
“Men oilam bilan bog'lana olmayapman, mobil aloqam ishlamayapti. Men juda xavotirdaman va qo'rqaman, bu dahshatli", deya qo'shimcha qildi u.
Favqulodda xizmatlar matbuot kotibi Mosa Ashari jurnalistlarga shunday dedi: "Bizning ma'lumotlarimizga ko'ra, bugungi kunga qadar mingdan ortiq ayollar, bolalar va keksa fuqarolar jarohatlangan va 120 ga yaqin odam halok bo'lgan".
Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko'ra, hozirda qurbonlar soni 300 kishidan oshadi.