Tabiiy ofatlarni boshqarish vazirligi vakili Muhammad Janan Saikning qayd etishicha, halok bo'lganlar soni 2,4 mingdan oshgan, kamida ikki ming kishi jarohatlangan.

Yevropa-O'rtayer dengizi seysmologiya markazi ma'lumotlariga ko'ra, juma kuni Afg'oniston g'arbida 6,3 magnitudali zilzila sodir bo'lgan, keyin esa boshqa yer silkinishlari sodir bo'lgan. Zilzila epitsentri 272 ming aholi istiqomat qiladigan Hirot shahridan 40 kilometr shimoli-g'arbda joylashgan. Yangilangan ma'lumotlarga ko'ra, zilzila o'chog'i 10 kilometr chuqurlikda bo'lgan, deb xabar beradi mir24.tv.