Yaqinda Afgʻoniston va Pokiston Islom Respublikasi hududlarida tashkil etilgan xalqaro terrorchilik tashkiloti saflariga borib qoʻshilib, keyinchalik Afgʻoniston Islom Respublikasining hududiga oʻtgan, shuningdek, ushbu hududda yashagan shaxslarning bir guruhi “Mehr operatsiyasi - 4” doirasida yurtimizga olib kelindi.

Afgʻonistonning hamkor tashkilotlari koʻmagida olib kelingan 24 nafar ana shunday shaxslar Surxondaryo viloyatining Termiz tumani hududida joylashgan “Ayritom” chegara posti orqali kutib olindi va tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, viloyat hokimiyati, Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda sogʻliqni saqlash muassasalari rahbarlari ishtirokida Termiz tumanidagi “Davolash va sogʻlomlashtirish” markazi binosiga joylashtirildi.

Mazkur “Davolash va sogʻlomlashtirish” markazi barcha shart sharoitlarga ega boʻlib, shay holga keltirilgan.