Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmatining xabariga koʻra, ushbu insonparvarlik yordami orqali qoʻshni Afgʻonistonda roʻy bergan zilzila oqibatida jabr koʻrganlarga yordam koʻrsatiladi.
Oziq-ovqat mahsulotlari, birlamchi zarur predmetlar va medikamentlardan iborat jami 74 tonna yuk ortilgan samolyot Afgʻonistonga joʻnab ketdi.