баннер
26 Apr 2025
06:23

    Afgʻonistonga oʻzbek dori-darmonlari eksporti yil oxirigacha 50 mln dollardan oshishi mumkin

    Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov Afgʻoniston Islom Amirligining sogʻliqni saqlash vaziri Mavlaviy Nur Jalol Jaloliy bilan uchrashdi.

    Uchrashuvda ikki mamlakat oʻrtasida sogʻliqni saqlash sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, ayniqsa, farmatsevtika va stomatologiya yoʻnalishlarida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

    Jumladan, Afgʻoniston tomoni Termiz shahrida stomatologiya boʻyicha mutaxassis yoshlarni oʻqitish, aholiga stomatologik xizmat koʻrsatishni kuchaytirish hamda 20 ga yaqin filial ochish boʻyicha taklif bildirildi. Ushbu tashabbus minglab fuqarolarni tish muammolaridan xalos qilishga xizmat qilishi taʼkidlandi.

    Farmatsevtika sohasidagi hamkorlik boʻyicha esa dolzarb masalalar koʻrib chiqildi. Xususan, tadbirkorlar tomonidan Afgʻonistonda dori-darmon vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish muddati olti oydan bir oyga qisqartirilishi , shuningdek, bir marta import qilishga ruxsat berish tartibi joriy etish takliflari ilgari surildi. Afgʻoniston sogʻliqni saqlash vaziri ushbu tashabbuslarni toʻliq qoʻllab-quvvatladi.

    Ushbu sharoitlar, mahsulot sifati va raqobatbardosh narxlar bilan birgalikda, Oʻzbekiston farmatsevtika kompaniyalari uchun Afgʻoniston bozoridagi ulkan salohiyatni roʻyobga chiqarish imkonini yaratadi.

    Xabarda aytilishicha, shu yil oxirigacha eksport hajmini 50 million dollardan oshirishga barcha asoslar mavjud.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech