Maʼlumki, keyingi yilning 23-iyunidan 23-iyuligacha Kot-dʻIvuarda futbol boʻyicha Afrika Millatlar Kubogi final oʻyinlari boʻlib oʻtishi kerak edi. Lekin musobaqa 2024-yilning yanvariga koʻchirildi.
LʻEquipe nashri xabarida aytilishicha, bunday qarorga kelishga ob-havo sabab boʻlgan. Bir muddat avval Kot-dʻIvuarda suv toshqinlari sodir boʻlgan edi, shu bois Afrika futbol konfederatsiyasi rahbariyati turnirni keyingi yilga koʻchirishga qaror qildi.
Qitʼa chempionatining saralash turniri 2022-yil 23-martda boshlangan va 2023-yilning 28-mart kuni yakunlanadi.