“27 million odam ochlikdan aziyat chekmoqda, agar shoshilinch choralar koʻrilmasa, iyun oyigacha bu raqam 38 million kishiga yetishi mumkin”, deya hujjatdan iqtibos keltirgan Maghreb Arabe Presse (MAP) axborot agentligi.
“2015-yildan 2022-yilgacha shoshilinch oziq-ovqat yordamiga muhtoj odamlar soni qariyb 4 baravarga oshib, 7 milliondan 27 million kishiga yetdi”, deyiladi hisobotda.
Gʻarbiy va Markaziy Afrikadagi mintaqaviy direktori Assalama Davalak Sidi shunday dedi: “Afrika mintaqasining baʼzi hududlarida don yetishtirish oʻtgan yilga nisbatan uchdan bir qismga kamaydi. Oilaviy oziq-ovqat zahiralari tugab bormoqda. Qurgʻoqchilik, suv toshqinlari, mojarolar va koronavirus pandemiyasining iqtisodiy taʼsiri millionlab odamlarni oʻz yerlarini tashlab ketishga majbur qildi”.
“Oziq-ovqat yetishmayapti, bundan tashqari, bolalar uchun toʻyimli oziq-ovqat deyarli yoʻq, topish esa imkonsiz boʻlib bormoqda. Biz ularga zudlik bilan yordam berishimiz kerak, chunki ularning salomatligi, kelajak va hatto hayoti xavf ostida”, - deb ogohlantirdi Save the Children tashkiloti direktori Filipp Adapo Gʻarbiy va Markaziy Afrikaning barcha davlatlarini.
“Mojarolar tufayli yuzaga kelgan ishonchsizlik ekin maydonlarining keskin qisqarishiga olib keldi va bu qurgʻoqchilik va yogʻingarchilikning yomon taqsimlanishi bilan birgalikda jamoalar, ayniqsa markaziy Afrikadagi oziq-ovqat manbalariga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda”, deyiladi hisobotda.