Afrikada maymun chechagi tufayli favqulodda holat e'lon qilindi

    Afrika ittifoqi sog'liqni saqlash xizmati mpox (maymun chechagi) tarqalishi sababli qit'ada favqulodda holat e'lon qildi.

    Bu haqda Afrika Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari bosh direktori Jan Kasenya bo'lib o'tgan brifingda ma'lum qildi.

    “Afrikaning bir qancha mamlakatlarida davom etayotgan mpox epidemiyasi tufayli qit'ada sog'liqni saqlash bo'yicha favqulodda holat e'lon qilish to'g'risida qaror qabul qilindi”, dedi u. “Mpox davlat chegaralarni kesib o'tmoqda, kasallik Afrikadagi minglab odamlarga ta'sir ko'rsatdi”.

    Afrikadagi sog'liqni saqlash yo'nalishidagi favqulodda holat qit'a rasmiylari va tibbiy xizmatlar uchun ogohlik qo'ng'irog'idir. Afrika Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari Afrika ittifoqining tibbiy bo'linmasi bo'lib, qit'adagi umumiy epidemiologik vaziyat uchun javobgardir.

    Maymun chechagi virusi birinchi marta bahorda Kongo Demokratik Respublikasi sharqida aniqlandi va Clade 1b deb nomlandi. Qayd etilishicha, Afrikadagi mpoxning yangi to'lqini genetik mutatsiyaga uchragan virusning tez tarqalishi bilan bog'liq. 2024-yilda mpox bilan kasallanganlar soni 13 mingdan oshdi yoki 2023-yildagi umumiy ko'rsatkichning deyarli 80 foizini tashkil etdi, deb xabar beradi report.az.

    Iyul oyida Kongo Demokratik Respublikasi hukumati 2024-yilda mamlakatda 450 kishi mpoxdan vafot etgani haqida xabar bergan edi.