Bu haqda Tchadinfos portali BMT ma'lumotlariga tayanib xabar berdi.
“Tabiiy ofat 700 mingdan ortiq odamga ta'sir ko'rsatdi, 72 kishi halok bo'ldi, 699 kishi jarohatlandi. 62 mingta turar-joy binosi vayron bo'ldi. Gap Gvineya, Kongo Demokratik Respublikasi, Kot-d'Ivuar, Liberiya, Mali, Nigeriya, Togo, CHad haqida bormoqda”, deyiladi xabarda.
Ma'lumotlarga ko'ra, eng ko'p Chad jabr ko'rdi – u yerdagi suv toshqini 240 mingdan ortiq odamga zarar yetkazdi. Tabiiy ofat uylarni vayron qildi, oziq-ovqat ekinlariga zarar yetdi, deb xabar beradi report.az.