Afrikadan tashqarida maymun chechagiga chalinish bilan bog'liq ilk holat aniqlandi

    Shvetsiya Afrikadan tashqarida maymun chechagi aniqlagan birinchi davlatga aylandi.

    Bemor shifokor nazorati ostida va davolanmoqda. Boshqa davlatlar hali virus aniqlangani haqida xabar bermadi.

    Shvetsiya Sog'liqni saqlash vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, erkak virusni Afrikaga safari chog'ida yuqtirgan, u yerda Clade Ibning yangi shtammi sabab maymunchechak epidemiyasi kuzatilmoqda.

    JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi Shvetsiya sog'liqni saqlash idoralari bilan “mpox Clade 1b birinchi tasdiqlangan holatini davolashning maqbul variantlari” bo'yicha faol hamkorlik qilayotganini aytdi.

    Shvetsiyada mazkur virusni birinchi odam yuqtirgani haqidagi xabar Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) maymunchechak epidemiyasini xalqaro favqulodda holat deb e'lon qilganidan bir necha soat o'tib keldi. Bu Afrikada 2023-yil sentabr oyidan beri davom etayotgan epidemiya tufayli yuz berdi. Qit'ada 13,7 ming holat qayd etildi, 456 kishi vafot etdi, deb xabar beradi kz.kursiv.media.