“Afrosiyob” poezdi 18 bosh qo'yni urib yuborgan

    Tashvishli xabar 14 Noyabr 2022 4213

    Mazkur holat bo'yicha hujjatlar rasmiylashtirilib, qo'ylarni egasi hamda etkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

    Aniqlanishicha, 2022 yil 11 noyabr` kuni soat 05:31 da “Buxoro-Samarqand-Toshkent yo'nalishidagi 765-sonli yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” tez yurar yo'lovchi poezdi “Zirabuloq – Kattaqo'rg'on temir yo'l bekatlari oralig'ining 3816 km. 3-piketida temir yo'l izida qarovsiz yurgan 18 bosh qo'yni urib yuborgan.

    Mazkur holat bo'yicha hujjatlar rasmiylashtirilib, qo'ylarni egasi hamda etkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

    Hozirgi kunda Samarqand viloyati Transportda XTB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.