“Afrosiyob” poyezdida unutib qoldirilgan 9 ming dollarga yaqin pul egasiga qaytarildi

    Transport 15 Aprel 2021 573

    Toshkent—Buxoro—Toshkent yoʻnalishida qatnovchi “Afrosiyob” poyezdida yoʻlovchi tomonidan unutib qoldirilgan pullar oʻz egasiga qaytarildi.

    Bu haqda IIV Transportda xavfsizlikni taʼminlash bosh boshqarmasi xabar berdi.

    Maʼlum qilinishicha, 13-aprel kuni 762-sonli Toshkent—Buxoro—Toshkent yoʻnalishidagi yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” poyezdining 5-vagonida ichida 8850 AQSH dollari, 1,93 million soʻm pul, ikkita fuqarolik pasporti va shaxsiy buyumlari mavjud erkaklar qoʻl sumkasi yoʻlovchi A.Q. tomonidan unutib qoldirilgan.

    Ushbu holat Transportda XTBB Yoʻlovchi poyezdlarini kuzatish batalyoni xodimi Sh.Xudayberganov tomonidan aniqlangan.

    Qoʻl sumkasi xolislar ishtirokida kerakli hujjatlar asosida rasmiylashtirilib, oʻz egasiga toʻliq va beshikast holda yetkazilgan.

    Fuqaro Transportda xavfsizlikni taʼminlash bosh boshqarmasi YPKB xodimlariga oʻz minnatdorchiligini bildirgan.