2023-yil 27-dekabr kuni taxminan soat 11:26lar atrofida “Buxoro mintaqaviy temir yoʻl uzeli” UKga qarashli Juma-Kattaqoʻrgʻon temir yoʻl bekatlar oraligʻida tezyurar “Afrosiyob” elektropoyezdi mashinisti tomonidan berilgan kamchilikni bartaraf etish maqsadida ish rahbari, yoʻl ustasi v.b. Sh.Meyliyev boshchiligidagi 9 nafar yoʻl sozlovchilar birgalikda joriy taʼmirlash ishlarini amalga oshirishgan.
3750 km.ning 9 piketdan temir yoʻl izi ichidan brigada oldiga qaytayotgan (temir yoʻl izlari chetidan qaytmasdan) yoʻl sozlovchi M.Shodiyorov yoʻl brigadiri v.b. M.Aliqulov tomonidan berilgan ogohlantirish ishoralariga eʼtibor bermadi. Afrosiyob elektropoyezdi mashinisti tomonidan berilgan ogohlantirish signalini eshitmadi.
Oqibatda, Toshkent – Buxoro yoʻnalishida yuqori tezlikda harakatlanib kelayotgan 770-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdi yoʻl sozlovchi M.Shodiyorovni urib ketdi va u voqea joyida vafot etadi.
Voqea tavfsilotlari oʻrganilmoqda.