AQSHning Arlington shahrida uzoq kutilgan professional boks turniri oʻz yakuniga yakuniga yetdi.
Superogʻir vazn toifasida sobiq mutlaq jahon chempioni Mayk Tayson hamda bloger-bokschi Jeyk Pol oʻrtasida boʻlib oʻtdi. Ikki daqiqadan iborat sakkiz raundga moʻljallangan jang toʻliq davom etdi.
Dastlabki ikki raund 58 yoshli Temir Mayk tashabbusga ega boʻldi. Lekin keyingi raundlarda Tayson charchab qoldi. 29 yoshli Jeyk Pol esa keyingi raundlarni oʻz foydasiga hal qildi. Baribir oʻrtadagi 31 yosh tafovuti oʻz soʻzini aytdi.
Jeyk Pol ochkolar hisobiga koʻra zafar quchdi. Uchchala hakam ham 79-73 hisobidagi gʻalabani blogerga bergan. Bu uning faoliyatidagi 11-gʻalabasi boʻldi.