Kitano ijodiy uchrashuvlarda qatnashadi, shuningdek, tomoshabinlarga o'zining eng mashhur kartinalaridan biri – «Sonatina»ni taqdim etadi. Kartina ko'plab mukofotlarga sazovor bo'lgan va haqli ravishda rejissyorning eng yaxshi asarlaridan biri hisoblanadi. Namoyish 17- sentyabr` kuni yaqinlashib kelayotgan Butunjahon kino kunlari doirasida bo'lib o'tadi. Namoyish tugallangach, fil`m rejissyori bilan birgalikda drama muhokamasi bo'lib o'tadi.

 Eslatib o'tamiz, "Yaponiya kino kunlari" doirasidagi fil`mlar namoyishi O'zbekiston va Yaponiya elchixonalari ko'magida tashkil etiladi.

 Kinematografiya agentligi Axborot xizmati