Hafta davomida o‘zgaruvchan ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi

7−8 aprel kunlari respublikaning aksariyat viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan kuzatiladi.

Harorat asosan kunduz kunlari +13…+18 daraja bo‘ladi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.

6−7 aprelда ba’zi joylarda 15−20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.

9−10 aprelda faqat respublikaning ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzgi harorat +20…+25 darajagacha ko‘tariladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Tog‘larda qor ko‘chishi xavfi bor.

Toshkent shahrida dushanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat +24…+26 daraja bo‘ladi. 7−8 aprelda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 7 aprelda shamol tezligi 12−14 m/s gacha kuchayadi. Harorat kunduzi +15…+17 daraja bo‘ladi.

9 aprelda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 10 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat +20…+25 darajagacha ko‘tariladi.

Mavzuga oid materiallar